Maxfiylik siyosati
Polyazone — futbol polyalarini onlayn bron qilish xizmati. Oxirgi yangilanish: 2026-yil 12-oktabr.
Qanday ma'lumot yig'amiz
Hisob ochganingizda: ismingiz, email manzilingiz va telefon raqamingiz. Google bilan kirsangiz, Google bizga faqat ismingiz va email manzilingizni beradi — parolingiz bizga hech qachon ko'rinmaydi. Bron qilganingizda: tanlangan polya, kun va soat. Ruxsat bersangiz — bron paytidagi taxminiy joylashuvingiz (polyagacha masofani ko'rsatish va soxta bronlarning oldini olish uchun).
Ma'lumotdan qanday foydalanamiz
Faqat xizmat ishlashi uchun: bronni polya egasiga yetkazish, siz bilan bog'lanish, bildirishnomalar yuborish va soxta bronlarning oldini olish. Telefon raqamingiz faqat siz bron qilgan polya egasiga ko'rinadi.
Kimga beramiz
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz. Ular xavfsiz bulut bazasida (Supabase) saqlanadi.
Ma'lumotni o'chirish
Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirishni xohlasangiz, quyidagi emailga yozing — 7 kun ichida o'chiramiz.
Bog'lanish
Email: abdumalikqosimov17@gmail.com